Ayol borki olam munavvar mavzusida badiiy kecha
TATU Urganch filialida 7 mart kuni 8 mart xalqaro xotin qizlar kuni munosabati bilan Ayol borki olam munavvar mavzusida badiiy kecha o‘tkazildi. Tadbirda filialda uzoq yillardan buyon faoliyat yuritib kelayotgan ayol professor o‘qituvchilar va bir guruh ayol xo‘jalik xodimlari filial ma’muriyati tomonidan estalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Filial ko‘zgu talabalar teatr studiyasi talabalari o‘zlarini chiqishlari bilan badiiy kechaga o‘zgacha fayz kiritdilar. Tadbir ko'tarinki ruhda o'tkazildi.